Moneff hisob raqamiga ariza topshirish bo’yicha yo’riqnoma
Moneff ilovasida hisob ochish uchun, ushbu havolani ishlating:
Havolani ochganingizdan so‘ng, quyidagi qadamlarni bajaring:
- Create account - hisob yaratish/ochish
- Personal account - shaxsiy hisob raqam
- Where do you live? - hozirgi vaqtda yashab turgan mamlakatni tanlash kerak. Masalan, ishlash yoki o’qish uchun Germaniyaga kelgan bo’lsangiz, Germaniyani tanlang.

- O’zingizning elektron pochtangizni (Email) ishlatib ro’yhatdan o’ting.
- Elektron pochtangizni (Email) tekshirib Moneff’dan kelgan habarni topib, ichidagi ‘Verify Email’ga bosib, emailingizni tasdiqlang.

- O’zingizga qulay va esdan chiqmaydigan sirli raqam (parol) tanlang va uni ikki marta takrorlang.

- Ismingiz, familiyangiz va tug’ilgan kuningizni yozing.
- Qaerda yashab turganingizni, mamlakat, to’liq manzil - ko’cha, uy raqami, shahar va pochta indeksini kiriting. Masalan, Germaniyaga ishlash yoki o’qish uchun kelgan bo’lsangiz, Germaniyadagi yashab turgan joyingizni kiriting.

- Moneff hisob raqamini nima maqsadlarda ishlatasiz? Masalan, o’zingizning boshqa hisob raqamlar va oila a’zolaringiz bilan pul jo’natish va qabul qilish uchun, har turli to’lovlar qilish uchun, tovar va hizmatlar uchun to’lov qilish uchun. Hammasini tanshash shart emas. Bittasini tanlasangiz ham bo’ladi. Eng ko’pi bilan 3ta tanlasa bo’ladi. Maqsadsiz tanlash kerak emas.
- Moneff hisob raqamiga pul qaerdan keladi? Masalan, Oylik/ish haqqi, oila a’zolaridan jo’natmalar. BItta, ikkita, yoki 3 variant tanlasa bo’ladi. Haqiqatga to’g’ri kelmaydigan variant tanlamang.

- Sizning bandlik holatingiz? Masalan, talaba, yoki yollangan ishchi, yoki freelancer/ yoki o’zini o’zi band qiluvchi/biznes egasi. Bittasini tanlash kerak.
- Shaxsingizni tasdiqlaydigan, davlat tomonidan berilgan (pasport, residence card/Aufenthaltstitel) amaldagi hujjatning asl nusxasi bilan shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Telefon/planshet/kompyuter ekranidagi hujjatning rasmlari, fotokopiyalari va boshqa turdagi hujjatning nusxalari ishlatilsa, qabul qilinmaydi.

- Hujjatni shu ramkaga sig’diring, yozuvlari yaxshi ko’rinsin.
- Yuzingizni shu dumaloq ichiga sig’diring. Dumaloqning chetlari yashil yongangacha.

- Upload documents - hujjat yuklang. Bu yerda sizdan Proof of residency - ya’ni manzilingizni taasdiqlaydigan hujjat talab qilinadi. Arizaning 8chi qadamida bergan manzilingizni tasdiqlaydigan hujjat kerak bo’ladi. Agar Germaniyaga 3 oy ichida kelgan bo’lsangiz Meldebestaetigung degan hujjatni yuklasangiz bo’ladi. Boshqa qabul qilinadigan hujjatlar: boshqa bank (Sparkasse, Volksbank…) hisob raqamidan ko’chirma (Kontoauszug), yoki ijara shartnomas (Mietvertrag)i.
- Application review: bu yergacha kelgandan keyin arizangiz topshirilgan degani va biz endi arizangizni ko’rib chiqishimiz kerak. Agar sizga qandaydir savolllar bo’lsa, biz siz bilan support@moneff.com elektron pochtasi (Email) orqali bog’lanamiz. Boshida kiritgan elektron pochtangizni (Email) tekshirib turing. Agar hamma hujjatlar to’g’ri bo’lsa, arizangiz ijobiy ko’rib chiqiladi va sizga elektron pochtangizga (Email) Moneff hisob raqami ochilganligi haqida habar keladi.
